Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Aprel/2023   Dolzarb

Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi matbuot markazi ish boshladi

TOSHKENT, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun ertalab Xalqaro kongress markazida maxsus matbuot markazi ish boshladi, unda 80 dan ortiq mahalliy va 40 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) tafsilotlarini tezkorlik bilan yoritish imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar, deb xabar bermoqda «Dunyo       » AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari  matbuot  kotibi  Sherzod Asadovning  maʼlum  qilishicha, TXIF-2023 yalpi majlisida O‘zbekiston  Prezidenti ishtirok etadi va  nutq  so‘zlaydi.

Forum davomida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning  30 dan  ortiq qizg‘in bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va B2B-muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot markazi jurnalistlarning tezkor faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, xususan, telefonlar, yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlangan.

Forum o‘z ishini 28 aprelga qadar davom ettiradi.

Mavzuga oid

MOXI eksperti: Oʼzbekiston tomonidan ilg...

Markaziy Osiyo xalqaro institutining tarixiy-madaniy merosni oʼrganish va gumanitar tadqiq...

Folker Tyurk: Taʼlim yoshlar uchun qulay...

Samarqandda «Inson huquqlari sohasida taʼlim» Global forumi davom etakyotir

Aholiga energiya tejamkor va qayta tikla...

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash ja...

So`nggi yangiliklar