Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   Hamkorlik

Italiya “Jahonda Ombudsmanning o‘rni: haqiqat va imkoniyat o‘rtasida” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda

RIM, 24-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Italiya Bosh Ombudsmani - Italiya Ombudsmanlarining Milliy muvofiqlashtiruvchisi tomonidan Rim shahrida “Jahonda Ombudsmanning o‘rni: haqiqat va imkoniyat o‘rtasida” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmatidan maʼlum qilinishicha, ushbu nufuzli tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etmoqda.

Dunyodagi ko‘plab davlatlarning Ombudsmanlarini o‘z atrofiga jamlagan mazkur konferensiya inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda Ombudsmanlarning fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda davlat idoralari bilan hamkorligi, inson huquqlarini himoya qilishda raqamlashtirish mexanizmlari, global inqirozlarda inson huquqlarining taʼminlanishi, malakali tibbiy yordam olish huquqi kabi masalalar bo‘yicha tajribalar o‘rtoqlashiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, huquqlarini taʼminlash va xalq farovonligini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga atroflicha to‘xtaldi. Bu jarayonda Ombudsman institutiga yuklatilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, murojaatlar bilan ishlash orqali buzilgan huquqlarni tiklash,  penitensiar muassasalarga monitoring tashriflarining ahamiyatiga urg‘u berildi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbuskorligidagi "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash" loyiha ko‘magida Italiyaga amalga oshirilgan ushbu safar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Mavzuga oid

Toshkent shahar jamoat transporti tizimi...

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikas...

Xitoy aviakompaniyasi Guanchjoudan O‘zbe...

O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari «China Southern Airlines» aviakompaniyasi bosh direk...

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik...

Bugun Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin ...

So`nggi yangiliklar