Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   Iqtisodiyot

O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi tashkil etilmoqda

TOSHKENT, 24-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qaror qabul  qilindi,  deb  xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Hujjatga ko‘ra, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) tomonidan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini boshqarish guruhi tashkil etilmoqda. 

 Maʼlumot uchun: Jamg‘arma YETTB boshqaruvida 5 yil muddatda (keyinchalik uzaytirish sharti bilan) bo‘ladi.

 Qarorda  qayd etilishicha, Jamg‘arma YETTB tomonidan jalb etiladigan 10 million yevro miqdoridagi grant va YETTB tomonidan respublikaga taqdim etiladigan 10 million yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma tomonidan umumiy qiymati 10 million AQSH dollari ortiq bo‘lgan DXSH loyihalari bo‘yicha konsultantlar xizmati moliyalashtiriladi.

Shuningdek, umumiy qiymati 10 million dollar ekvivalentidan ortiq bo‘lgan DXSH loyihalari “SOURCE” xalqaro platformasida joylashtirib boriladi.

 Bundan  tashqari, ushbu  qaror bilan YETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarishning prognoz jadvali tasdiqlanmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning tashqi savdodagi yirik h...

O‘zbekistonning 2021 yil yanvar—noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasidagi eng yirik 10 ta...

Ar-Riyodda O‘zbekistonning Xalqaro ener...

Mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Xalqaro energetika forum...

Afg‘onistonning Hayraton stansiyasiga te...

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Afg‘onistonning Hayraton stansiyasiga t...

So`nggi yangiliklar