Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘sib bormoqda

XELSINKI, 24 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Finlyandiyaning “EastCham-Finland” savdo palatasining «eastcham.fi» yangiliklar portalida  «O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi savdo aylanma hajmi o‘sib bormoqda» sarlavhali  axborot  fin tilidagi joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Finlyandiyaning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi yil boshidan beri sezilarli darajada oshdi, - deyiladi nashrda.- May oyida Finlyandiyadan ko‘plab elektr motorlar va generatorlar eksport qilindi va mart oyida po‘lat mahsulotlari import qilindi».

Finlyandiya bojxona xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning Finlyandiyaga eksporti qiymati 35,9 foizga oshib, 2,3 million yevroni tashkil qilgan.

«Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan olib kelingan tovarlarning to‘rtdan uch qismini turli xomashyolardan, asosan, po‘lat sterjen va profillardan tayyorlangan mahsulotlar tashkil qildi. Ushbu tovarlar guruhining umumiy import qiymati 1,7 million yevroga  teng bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Nashrda so‘nggida, O‘zbekistondan kimyo mahsulotlari, asosan qayta ishlanmagan plastmassalar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 73,1 foizga oshib, 0,4 million yevroni tashkil etgani  maʼlum qilingan.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya OAVda Qoraqalpog‘iston R...

Janubiy Koreyaning «The Korea Post» jurnalida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ...

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan qashshoqlikn...

“EU Political Report” axborot portalida “Toshkentda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha I...

O‘zbekiston konstitutsiyaviy islohotlari...

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 20 iyul kuni Seul shahrida “O‘zbekistonda konstitutsiy...

So`nggi yangiliklar