Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda BMT Sivilizatsiyalar alyansi Oliy vakili bilan uchrashdi

 TOSHKENT, 23-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York  shahrida BMT Sivilizatsiyalar alyansi Oliy vakili Migel Moratinos bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«BMT Sivilizatsiyalar Alyansining Oliy vakili Migel Moratinos bilan uchrashishdan mamnunmiz, - deb  yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Dunyodagi bugungi geosiyosiy vaziyat yuzasidan fikr almashib, nizolarni hal etish va oldini olishda muloqotning muhim ahamiyatini taʼkidladik. Hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari, madaniyatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlash borasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarni ham muhokama qildik».

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari va GFR Federal...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya Federal hukumatining ...

O‘zbekiston TIV rahbari Belgiya Tashqi i...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi dele...

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Misr elchisi Amira F...

So`nggi yangiliklar