Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   Ta'lim

Tailandda Butunjahon Tinchlik kuniga bag‘ishlangan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi

BANGKOK, 24-sentyabr. /”Dunyo” AA/. Tailandning Ayutthaya shahridagi Chulalongkorn universitetida “Butunjahon Tinchlik kuni 2023” (International Day of Peace 2023) xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


BMT tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulligi mamlakatimizning boy madaniy merosi, investitsiya, savdo va sayyohlik salohiyati haqida atroflicha tasavvur uyg‘otadigan “Ipak yo‘lidagi muqaddas maskan” nomli stendi bilan ishtirok etdi.

Unda Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi o‘ndan ortiq mamlakatdan 40  yaqin turli tashkilotlarning vakillari, 1000 nafardan ortiq ishbilarmonlar, ilmiy-madaniy doiralar, diplomatiya korpusi va OAV vakillari qatnashdi.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, “Xalqaro tinchlik kuni” BMT tomonidan 1981 yildan buyon sentyabr oyida keng nishonlanishi anʼanaga aylangan.  2001 yili BMT maxsus rezolyutsiyasi asosida 21 sentyabr – “Xalqaro tinchlik kuni” sifatida eʼlon qilingan.

-          Bugun “Butunjahon Tinchlik kuni” munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbir doirasida namoyish etilgan O‘zbekiston stendi menda katta taassurot qoldirdi, - dedi tadbir ishtirokchisi Khun Eng. - Unda taqdim etilgan materiallar orqali shunga amin bo‘ldimki, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan o‘lka sifatida O‘zbekiston nafaqat ilg‘or sivilizatsiyalarni o‘zida mujassam etgan, balki ularni yana-da boyitgani holda Sharq va G‘arbga yoyilishiga ulkan hissa qo‘shgan.

Mavzuga oid

Farg‘ona viloyati va Osaka prefekturasi ...

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzullajon Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a...

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriya...

O‘zbekiston delegatsiyasi Jiddadagi oliy...

Amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgan Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov ...

So`nggi yangiliklar