Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   Dolzarb

Amerikaning Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi strategiyasida O‘zbekiston tutadigan o‘rin AQSH OAV nigohida

VASHINGTON, 24-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Amerika Qo‘shma Shtatlarining geosiyosiy mavzuni keng yoritadigan «Geopolitical Futures» nashri sahifasida “Newlines Institute for Strategy & Policy” tahlil markazi direktori Kamran Boxarini qalamiga mansub “AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida O‘zbekistonning o‘rni” (Uzbekistan‘s Role in US Strategy for Central Asia) sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda AQSH Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi strategiyasida O‘zbekiston juda muhim ahamiyat kasb etishi, chunki mamlakatimizda jiddiy siyosiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlangan.

Joriy hafta BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi chog‘ida AQSH Prezidenti Markaziy Osiyoning barcha besh davlatidagi hamkasblari bilan uchrashdi va bir qator eʼtiborga molik bayonotlar berdi, deb yozadi nashr. AQSH Markaziy Osiyo uchun xavfsizlikni moliyalashtirishni kuchaytiradi, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida xususiy sektor almashinuvini kengaytirish uchun yangi biznes platformasini tashkil qiladi va uzoq muddatli energiya hamda taʼminot zanjiri xavfsizligini taʼminlash uchun muhim minerallar bo‘yicha hamkorlik qiladi. AQSH Prezidenti, shuningdek, C5+1 davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi tez orada Markaziy Osiyoning beshta davlatidan birida bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu yana bir muhim voqea bo‘lar edi”.

Muallif Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yili davlat rahbari lavozimiga saylanganidan so‘ng keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshlab yuborgani qayd etar ekan, o‘tgan iyul oyidagi tashrifim chog‘ida mamlakat uzoq yo‘l bosib o‘tganiga o‘zi shaxsan amin bo‘lganini maʼlum qilgan.

“Markaziy Osiyoning tortishish markazi bo‘lgan O‘zbekiston AQSHning mintaqadagi rolini kengaytirish uchun maydon bo‘lib xizmat qilishi, Vashington O‘zbekiston bilan Afg‘onistondagi holat yuzasidan ham hamkorlik qilishi mumkin. O‘zbekiston Amerikaning Markaziy Osiyo bo‘yicha samarali strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi kerak”, deb yozadi u. .

“Geopolitical Futures” nashri 2015 yilda “Stratfor” aql markazi asoschisi Jorj Fridman tomonidan tashkil qilingan. “Geopolitical Futures” maqolalari turli sohalar, jumladan, oliy taʼlim, hukumatlar faoliyati va xususiy jabha bo‘yicha ekspertlar guruhining tahliliy fikr-mulohazalariga tayanadi.

Mavzuga oid

Odam savdosi va majburiy mehnatni oldini...

Oliy Majlis Senati hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komis...

Xitoyda COVID-19 virusi tufayli yuzaga k...

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yangi turdagi koronavirus (COVID-19) tarqalishini jilovla...

O‘zbekiston delegatsiyasi Olmata shahrid...

Qozog‘istonning Olmata shahrida bo‘lib o‘tgan Mehnat migratsiyasi sohasidagi mintaqaviy mu...

So`nggi yangiliklar