Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2023   Iqtisodiy diplomatiya

Xitoyning Yanlin shahrida o‘tkazilgan yarmarkada O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi

PEKIN, 24-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Shensi provinsiyasidagi Yanlin shahrida tashkil etilgan “30-Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalari” yarmarkasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir Xitoy qishloq xo‘jaligi, fan va texnologiyalar, savdo vazirliklari, Shensi provinsiyasining Xalq hukumati hamda boshqa vazirlik va idoralar ko‘magida tashkil etildi.

Mazkur yarmarka oziq-ovqat mahsulotlari va ularni saqlash texnologiyasi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda texnologiya va innovatsiya imkoniyatlaridan foydalanish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.

Yarmarkada faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston o‘zining milliy stendini tashkil etdi. Unda mamlakatimizning savdo, investitsiya va sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Xususan, ko‘rgazmada oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq mevalar, ichimliklar, hunarmandchilik, qandolatchilik, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa rang-barang neʼmatlar mehmonlarning eʼtiboriga taqdim etildi.

Tadbirda dunyoning 40 mamlakati va mintaqalaridan 1,5 mingdan ziyod kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Besh kun davom etgan ko‘rgazma ishi bilan 600 mingga yaqin kishi tanishdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekistonning boy sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan video lavhalar ham namoyish etildi.

«Gansu Timur Trading Co., Ltd.» kompaniyasi savdo vakili U Szin:

- Men Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalari yarmarkasida ishtirok etganimdan xursandman. Bu safar ko‘rgazmaga o‘zbek milliy hunarmandchilik buyumlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib keldik.

O‘zbekiston mahsulotlari va madaniyati ko‘rgazma ishtirokchilarining eʼtiborini o‘ziga tortdi, chunki ular Xitoyda tobora ommaviylashib bormoqda. Ko‘plab kompaniyalar vakillari O‘zbekiston mahsulotlarini sotib olishga o‘z qiziqish bildirishayotgani bois biz bilan muzokaralar olib borishdi.

Ishonamanki, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlik ko‘lami yana-da kengayib, mamlakatlarimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi.

Yarmarka ishtirokchisi Yuan Yue:

- Aytish kerakki, bu yilgi Yanlin qishloq xo‘jaligi yarmarkasi juda qiziqarli o‘tdi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Xususan, menga O‘zbekiston stendi juda yoqdi.

Bu yerda mamlakatda ishlab chiqarilgan rang-barang hunarmandchilik, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldim. O‘zbek xalqining yorqin va o‘ziga xos madaniyati hamda urf-odatlarini his qildim. Shu bois mamlakatingizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni niyat qildim.

Mavzuga oid

BMTning O‘zbekistondagi yangi doimiy ko...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori e...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Kecha Moskva shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi ...

Singapurga o‘zbek mahsulotlari ekporti h...

Mamlakatimiz elchixona tomonidan Singapur biznes federatsiyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekis...

So`nggi yangiliklar