Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2023   Fakt

Samarqandda reproduktiv salomatlikni taʼminlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 23-sentyabr. /“Dunyo” AA/. 22-23-sentyabr kunlari Samarqand shahrida «O‘zbekistonning Reproduktiv salomatligi: yutuqlar va kelajakka reja» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb  xabar  bermoqda «Dunyo AA muxbiri.


Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan mutaxassislar, shuningdek, akusherlik sohasidagi yetakchi xorijiy olimlar ishtirok etishdi.

Forum O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasi, Samarqand viloyati perinatal markazi tomonidan tashkil etildi. 

Tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Amonov so‘zga chiqib ishtirokchilarni  qutladi.

«Sog‘lom ona va sog‘lom bola millatning gullab-yashnashi garovidir. Bu borada tashxislashning yangi texnologiyalari va uslublarini o‘zlashtirib,  uni tibbiyotga joriy etish, davolash muassasalarini zamon talabiga mos eng yangi tashxislash uskunalari bilan jihozlash, akusherlik va ginekologiya, perinatologiya sohasida ko‘rsatiladigan tashxislash xizmati sifatini oshirish zarur», - dedi Ikrom Amonov.    

Konferensiya davomida mamlakatimiz va xalqaro reproduktiv tibbiyoti, akusherlik, ginekologiya, perinatalogiya yo‘nalishlaridagi  mavjud muammolar muhokama qilindi.

Tadbir dasturidan  100 ta maʼruza o‘rin oldi. Shuningdek,  4 ta master-klass, suhbat, 2 ta yalpi va 12 ta shoʻba majlislari o‘tkazildi.

Anjuman davomida O‘zbekiston Akusherlik va ginekologiya markazi, Rossiyaning  V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot instituti hamda  «Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida diplomdan keyingi taʼlim instituti» Davlat taʼlim muassasasi o‘rtasida hamkorlik  bitimlari imzolandi.

Mavzuga oid

Dehli shahrida buyuk mutafakkir Abu Rayh...

Uning «Kitob ul-hind» asari Hindiston haqida yozilgan ilk noyob ilmiy asarlardan biri his...

ISSV: Ochiq muloqotga tayyorgarlik: Andi...

Joriy yilning avgust oyida davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti kutilayoti...

ArMI—2022»: “Desant vzvodi” musobaqasida...

Jazoirda “ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Desant vzvodi” mu...

So`nggi yangiliklar