Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2023   Sport

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

 TOSHKENT, 23-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi, deb  xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, sportchimiz ushbu natijaga Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida kuchli beshlikdan o‘rin olgani orqali erishdi.

-77 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Aram Vardanyan bronza medali uchun kechgan kurashda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. Shundan keyin, u so‘ngi Olimpiada yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Demeu Jadirayevga qarshi gilamga chiqdi.

Ushbu bahs yurtdoshimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Aram 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida  ishtirok etish huquqini  qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid

Parijda Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Resp...

Mamlakatimiz Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantiri...

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida ochiq osm...

Kecha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy tog‘-chang‘i hududida qishki spo...

Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston qizlar...

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionat...

So`nggi yangiliklar