Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Misrning mashhur telekanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib etilmoqda

QOHIRA, 23-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Misrning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng targ‘ib  etilyapti, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mamlakatimizning ushbu  davlatdagi  elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 sentyabrdan eʼtiboran “DIGMO” kompaniyasi bilan hamkorlikda Misrning ommabop «Nile TV», «MBC TV», «MBC-2 TV» hamda mamlakatning iqtisodiy rivojlangan Iskandariya va Port-Said viloyatlarining hududiy «Al-Iskandaria TV-5», «Port-Said TV-4» telekanallarida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga  bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi yo‘lga  qo‘yildi. Yurtimizning tarixiy  va zamonaviy sayyohlik  yo‘nalishlari targ‘ibotiga bag‘ishlanggan  ushbu  loyiha  bir oy  davom  etadi.

30 soniya davom etadigan mazkur videolavhalarda mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlari, islom olamida mashhur bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, O‘zbekiston tog‘lari va xushhavo  tabiati hamda Samarqand shahrida  bo‘lib o‘tadigan BMT Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) 25-sammiti haqidagi maʼlumotlar ingliz va arab tillarida tomoshabinlar eʼtiboriga  havola  etilmoqda.

Ushbu targ‘ibot roliklarida, shuningdek, Misr aholisi O‘zbekistonga tashrif buyurib, milliy oshxonamiz, go‘zal tabiatimiz va betakror shaharlarimiz arxitekturasidan bahramand bo‘lishga daʼvat etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda mehnat munosabatlari tizim...

Qozog‘istoning “Infozakon” onlayn-nashrida «Tanzila Norboyeva: mamlakat majburiy mehnatga...

Janubiy Koreya gazetasi rahbariyati O‘zb...

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi «The Korea Times» gazetasi prezidenti O Yo...

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari O...

“Infozakon” onlayn-nashrida «Yangi O‘zbekiston yoshlari - yangi kuch va yangi imkoniyatla...

So`nggi yangiliklar