Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari va IHT bosh kotibi Nyu-Yоrkda noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar

TOSHKENT, 23-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York  shahrida  Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy janoblari bilan birgalikda Tashkilotning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlik jarayonini batafsil ko‘rib chiqdik, - deb  yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida.  -Shuningdek, IHT doirasidagi amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildik».

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi IHT aʼzolarining norasmiy vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda tashkilotning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 16-sammitiga tayyorgarlikning borishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va U...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamroyev bugun BMT Aholishunoslik jamg...

O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlar...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov kecha Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov kecha Ozarbayjon elchisi G...

So`nggi yangiliklar