Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyul/2023   Sanalar

30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda keng nishonlandi

PEKIN, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan mamlakatimizning Xitoydagi  elchixona tomonidan «Olg‘a, O‘zbekiston!» shiori ostida vatandoshlar o‘rtasida futbol turniri  tashkil etildi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Musobaqa avvalida ishtirokchilar hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati bilan  tanishdilar.  Shuningdek, yurtdoshlarimizga joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan  ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi  jarayonlari haqida so‘zlab berildi va ular  ushbu  siyosiy  tadbirga  faol   ishtirok etishga  daʼvat etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz  elchixonasi tomonidan  Pekin Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston  yoshlari kuniga  bag‘ishlangan maʼrifiy tadbir  tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur universitetda  tahsil olayotgan  o‘zbekistonliklar  ishtirok etishdi.

Tadbirda davomida O‘zbekiston Prezidentining  yoshlarga  yo‘llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyati haqida  so‘zlab berildi.  Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarimizning har tomonlama  barkamal va yetuk mutaxassislar  bo‘lib  yetishishlari uchun  yaratilayotgan  imkoniyatlar taʼkidlandi. Shuningdek, bo‘lajak muddatidan ilgari O‘zbekiston  Prezidenti  sayloviga ko‘rilayotgan  tayyorgarlik  ishlari, muddatidan  ovoz berish tartiblari haqida  aytib o‘tildi. 

Uchrashuvda so‘zga chiqqan  vatandosh talabalar davlatimiz  rahbari  tomonidan  yoshlarga ko‘rsatilayotgan  yuksak eʼtiborni  yuqori baholab,  9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan  ilgari Prezident saylovida faol ishtirok etishlarini bildirishdi.

Kecha, shuningdek, echixona huzuridagi 49-saylov uchastkasida  muddatidan  ilgari  O‘zbekiston  Prezidenti saylovida  muddatidan oldin ovoz berish uchun kelgan  bir guruh yosh vatandoshlar ishtirokida 30 iyun - Yoshlar kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi.

Mavzuga oid

Toshkentda "Abu Ali ibn Sino merosi: Sha...

Poytaxtimizda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Ibn Sino jamoat fondi Isl...

Ukrainada Navro‘zi olam bayrami nishonla...

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Lvov shahrida Navro‘z umumxalq bayrami n...

Italiyadagi yurtdoshimiz: O‘zbekiston ko...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan Italiyanin...

So`nggi yangiliklar