Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Yanvar/2023   Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili

Belarus poytaxtida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

MINSK, 2-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Minskdagi elchixonasida Belarus oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba yoshlar ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Belarusning qator oliy bilim yurtlarida o‘qiyotgan yoshlarimiz davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini onlayn shaklda diqqat bilan tinglaganini va ushbu muhim hujjatda bayon etilgan fikr-mulohazalar, belgilangan dolzarb vazifalarni chuqur o‘rganayotganini maʼlum qildi.

Tadbir ishtirokchilari Murojaatnoma har bir talabamizda katta qig‘iqish uyg‘otgani hamda unda belgilangan vazifalar kelgusida ular uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladi.

“Ushbu tarixiy hujjatda taʼlim olish, kasb-hunar egallash, yoshlarning zamonaviy bilim osohiblari bo‘lish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Mamlakatimiz aholisi maktabgacha taʼlimdan tortib doimiy malaka oshirishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan qamrab olinadi. 2023 yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berilishida mamlakatimizning jadal rivojlanishi, salmoqli yutuqlarga erishishi, xalq farovonligining oshirilishi masalalari yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasi bilan chambarchas bog‘liqligi ifodalanganini biz, yosh avlod vakillari butun borlig‘imiz bilan his etmoqdamiz hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalar va amaliy sayi-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Baranovich davlat universiteti 4-kurs talabasi Farangiz Turkboyeva.

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti 1-kurs magistranti Valijon Rahmatullayev Murojaatnomadagi birinchi ustuvor yo‘nalish ijrosi doirasida vazirlik va idoralar soni qisqartirilishi, har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul etib belgilanishiga eʼtibor qaratib, ushbu jarayon professional davlat xizmatchilari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldi olinishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti 4-kurs talabasi Farrux Hayitovning fikricha, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan har bir yo‘nalish, shu jumladan “ijtimoiy davlat” tamoyiliga asoslangan Yangi O‘zbekistonni qurish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda o‘ta muhim va yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalar bo‘lib, bu yoshlarga kelgusida tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha maqsadli izlanishlar olib borishga daʼvat etadi.

Muloqot doirasida talaba yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini taʼminlashga munosib hissa qo‘shishini taʼkidladi.

Davra suhbati yakunida 2022 yilda elchixona tomonidan o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis v...

Italiyaning qator gazetalari sahifalarida «O‘zbekiston Prezidenti parlamentga yo‘llagan M...

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘...

Pokistonning yetakchi nashrlari – “Diplomatic Insight” jurnali hamda “The Gulf Observer” m...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayoti...

So`nggi yangiliklar