Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Aprel/2023   Tadbirlar

O‘zbekistonda «Uzbek Jewellery Fair-2023» birinchi xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 6 aprel. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 26-28 may kunlari Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va jihozlarning birinchi xalqaro «Uzbek Jewellery Fair-2023» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.


«Uzbek Jewellery Fair-2023» O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana sotuvchilar, agentlar, distribyutorlarga mo‘ljallangan birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlarining ko‘rgazmasidir.

Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yangi tarmoq ichidagi va xalqaro o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, texnologik yangiliklar hamda xorijiy kompaniyalar muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishish, zargarlik buyumlari dizaynining eng ommabop yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, mahsulot sifati va miqdorini oshirishdan iborat.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Zargarlik sanoati assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimiz zargarlik sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun «Uzbekistan Jewellery Awards» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga biri...

28 iyul kuni Xitoyning Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi Uxan shahridan №75151 – son...

Olamshumul yangilik: O‘zbekistonda butun...

Butun dunyo turkiylarining umumiy ajdodi sifatida e’tirof etiladigan Alp Er To‘nganing eht...

Yevropa parlamenti delegatsiyasi Toshken...

Bugun Yevropa parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister bosh...

So`nggi yangiliklar